Abul Hasan Marzubon oʻgʻli Baxmanyor




Abul Hasan Marzubon oʻgʻli Baxmanyor (? — 1067) — ozarbayjon faylasufi. Ibn Sinoning shogʻirdi. Forobiy va Ibn Sino taʼlimotlarini himoya qilgan va rivojlantirgan. Islom aqidalarini asoslashda aristotelizm va neoshgatonizmdan foydalangan. B. mavjudot haqida panteistlarcha fikr yurittan (k-Panteizm). U olamni "boshlangʻich ruhiy sabab" — Allohdan keltirib chiqaradi va emanatsiya asosida tushuntiradi; barcha mavjud narsalarni oʻrta asr falsa-fasida keng tarqalgan tushunchalar — vujudi mumkin, vujudi vojib asosida talqin etishga harakat qiladi. B. bilish nazariyasida aqliy bilishni himoya qilib, ratsionalizmnn rivojlantirdi. B.ning "Mabod attabiat ("Metafizika") va "Marotib al-mavjudot" ("Mavjudotning martabalari") (Qohira, 1911, arab tilida; Leypsig , 1851, nemis tilida) asarlarida mavjudot va bilish masalalari qarab chiqilgan. "Kitob attahsil" ("Tahsil kitobi") va "az-Ziynat" ("Ziynatlash") asarlari mantiq ilmiga, "al-Baxjad va as-saodat" ("Goʻzallik va baxt") kitobi axloq masalalariga bagʻishlangan. B. bilan Ibn Sino oʻrtasidagi falsafiy yozishmalarning keyinchalik koʻchirilgan ayrim nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.



Manbalar


















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz