Abul Hasan Ala-vuddin Ali ibn Hilol




Ibn Bavvob , Abu l Hasan Ala-vuddin Ali ibn Hilol (?— 1022) — xattot, olim, husnixat nazariyotchisi. "Qasidai roiya" ("Roiya kasi-dasi", 22 baytdan iborat) risolasida xat qoidalari va xattotlik sanʼati haqida qimmatli fikrlarni bayon qilgan. I. B. taʼlimotiga koʻra, husnixat inson ijodining samarasi boʻlib, u tasviriy sanʼat qatoriga kiradi. 15-asr da yashagan arab xattoti Muhammad ibn Hasan at-Tibiy oʻzining kotiblar haqidagi "Jomeʼi mahosini kitobat il-kuttob" ("Kotiblarning husnixat toʻplami") asarida yozishicha, I. B. Ibn Muqladan keyin xatning 16 turini (jumladan, suls xatining yozuv asoslari va b. ni) ixtiro qilgan va tako-millashtirgan. U ixtiro qilgan arab harfini nuqta bilan oʻlchash qoidalari undan keyingi xat nazariyotchilari, xattotlar uchun asosiy qoʻllanma boʻlgan.



Adabiyotlar




Manbalar
















uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz