Abu-Dabi Plaza
Abu-Dabi Plaza yoki Qozogʻiston (qozoqcha: Абу-Даби Плаза, inglizcha: Abu Dhabi Plaza) - Qozogʻiston poytaxti Ostonada qurilayotgan koʻpqavatli kompleks.
2009-yilning 11-iyun kuni Qozogʻiston va Birlashgan Arab Amirliklari «Abu-Dabi Plaza» kompleksini qurishga kelishib olishdi va kerakli xujjatlar imzolandi. Oʻsha yili 28-avgust kuni Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarboyev kompleks qurilishining kapsulasini tantanali ravishda joyladi. Bino qurilishi 2010-yilning noyabr oyida boshlandi, 2016-yilning oxirida qurilish yakuniga yetishi rejalashtirilgan. Qurilishdan soʻng «Abu-Dabi Plaza» balandligi boʻyicha Toshkent Teleminorasidan (balandligi 320 metr) oʻzib ketib Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoda birinchi oʻrinni egallaydi. Binoning taxminiy balandligi 320 merni tashkil etadi, ushbu raqam binoning 75 qavatdan iborat boʻlishini anglatadi.
«Abu-Dabi Plaza» kompleksining umumiy maydoni 510 ming kv.kilometrni tashkil etadi. Loyiha qiymati $ 1,6 milliard AQSh Dollariga tengdir.
Qurilish jarayoni
Galereya
Yana q.
Havolalar
uz.wikipedia.org