Abubakir Moʻydinov
Abubakir Moʻydinov (2000-yil 7-iyul, Andijon, Oʻzbekiston) — oʻzbek futbolchisi, Samarqandning „Dinamo“ jamoasida yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp suradi.
Futbolchilik faoliyati
Futbolchilik faoliyatini 2019-yilda „Bunyodkor“ klubi tarkibida boshlagan. 2019-yilning 6-aprel kuni „Navbahor“ klubiga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston Superligasida debyut qilgandi. 2019-yil sentabrida u Amirlikning „An-Nasr Dubay“ klubiga oʻtdi. 2020-yilda u Portugaliyaning „Leyxoes U-23“ klubida oʻynagan. 2021-yilning aprel oyida u Estoniyaning „Tulevik“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2021-yil 30-iyun kuni Nomme Kalju klubiga qarshi oʻyinda u Estoniya Meistriligasida debyut qildi. 2021-yil 31-iyulda Tammeka klubiga qarshi oʻyinda (5:3) Estoniya Meistriligasida debyut golini urdi. 2022-yil mvasum avvalida Qozogʻistonning „Ordabasi“ jamoasida koʻrikda boʻldi lekin shartnoma imzolamadi va Oʻzbekistonga qaytdi va Andijonning „Andijon SGS“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Andijon SGS jamoasining bir qator oʻyinlarida muhim gollarni urdi. 2023-yilgi mavsum yozgi transfer oynasi vaqtida Oʻzbekiston Pro ligasining yetakchi jamoalaridan biri Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Dinamo jamoasidagi debyut oʻyinida Oʻzbekiston Kubogi 1/8 final bosqichida „Paxtakor“ qarshi oʻyinda gol urdi va jamoasining gʻalaba qozonishida muhim vazifani bajardi.
Terma jamoadagi faoliyati
Abubakir Oʻzbekiston yoshlar terma jamoalarning bir qator yosh toifalarida toʻp surgan. Oʻzbekiston milliy terma jamoasida esa hali oʻz debyutini oʻtkazmagan.
Yutuqlar
Faoliyat statistikasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org