Abu Zayd Ubaydullo ibn Umar ibn Iso ad-Dabusiy




Abu Zayd Ubaydullo ibn Umar ibn Iso ad-Dabusiy (? — 1039) — buxorolik fiqh olimi. Fiqhda keng tarqalgan "Ilm ul-xilof" ("Ixtiloflar haqidagi ilm") ta’limotiga asos solgan. Asli Dabusiya shahridan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida Abu Zaydning 1094-yil ko‘chirilgan "Taqvim ul-adilla fil-usul" ("Qonunshunoslik asoslari bo‘yicha dalillar bayoni") va 1278-yil ko‘chirilgan axloqqa doir "al-Amad ul-aqso" ("Oxirgi chegara") asarlari nusxasi saqlanmoqda.



Adabiyotlar














uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz