Abu Zarr Termiziy
Abu Zarr Termiziy – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Xurosonning ulugʻ shayxlaridan. Ansoriyning maʼlumot berishicha, u oʻz hojatini odamlardan emas, faqat Xudodan soʻrab oladigan zotlardan boʻlgan. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx hayotiga bogʻliq bobni aynan kiritgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org