ABU YUSUF Yoqub ibn Ibrohim (731-798) — fiqhshunos olim. Abu Hanifaning shogirdi. Xalifalar Xodi (785— 786) va Horun ar-Rashid (786— 809) davrida Bag’dodda qozi bo’lgan. Abu Yusuf Horun ar-Rashid topshirig’iga ko’ra “Kitob al-xiroj” (“Soliq haqida kitob”) asarini yozgan. Bu kitob ilk xalifalikning ijtimoiy-iqtisodiy tarixi bo’yicha qimmatli manba hisoblanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish