Abu Ya’qub Sog‘arjiy
Abu Yaʼqub Sogʻarjiy (arabcha: أبو يعقوب الصاغرجي — Abu Yaʼqub Yusuf ibn Baxtiyor ibn Muhammad Sogʻarjiy) — muhaddis va roviy.
Hayoti
Abu Ya’qub Sog‘arjiy Samarqandning juda yaxshi joylaridan biri – Gʻotfar ko‘prigi (to‘g‘oni) oldida yashagan.
Hoit Hayyon degan joydagi madrasada tahsil olgan. Abu Yaʼqub Sogʻarjiy oʻz davrining roviylaridan boʻlib, u zamonasining allomalaridan hadislar rivoyat qilgan.
Vafoti
Abu Yaʼqub Sogʻarjiy 502-yil safar oyining 3-kuni juma oqshomida (1108-yil 11 yoki 12-sentyabrda) vafot etgan.
Dafin qiilingan joy
Abdulkarim Samʼoniyning „Ansob“ kitobida qayd etilishicha u Gʻonfar koʻprigi (toʻgʻoni) yonidagi qabristonga dafn etilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org