Abu Yaʼqub Nahrajuriy
Nahrajuriy, Abu Yaʼqub Isʼhoq bin Muhammad (vaf. 330 h.q./942 m.) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Junayd Bagʻdodiy, Amr bin Usmon Makkiy, Abu Usmon Magʻribiy, Abu Salama Bovardiy b-n hamsuhbat boʻlgan. Abu Yaʼqub Susiyning shogirdi. Alouddavla Simnoniy xirqa silsilasida uning ismini ham zikr etgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni qisqartirib kiritgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org