Abu Voqid al-Laysiy





Abu Voqid al-Laysiy (arabcha: أبو واقد الليثي — Abu Voqid al-Horis ibn Avf al-Laysiy) — sahoba.




Hayoti va faoliyati



Manbalarda Abu Voqid al-Laysiyning ismi Avf ibn Molik, Horis ibn Molik yoki Avf ibn Horis shakllarida ham zikr qilinadi. Madinalik sahobalardan hisoblanadi. [Islom]]ning ilk yillarida yoki Makka fath qilingan yili (8/629-630-yillar) musulmon bo‘lganiga doir farqli ikki rivoyat mavjud. Hunayn g‘azoti (8/630-yil) haqida so‘z ketganda, Abu Voqid al-Laysiy u vaqtda hidoyatga yangi kelganining ma’lum qilinishi ikkinchi qarashni quvvatlaydi. Bunga ko‘ra, Badr jangida ishtirok etganiga doir rivoyatning zaif ekani tushuniladi. Abu Voqid al-Laysiy Hunaynda bo‘lgani kabi Makkaning fathida ham Kinona qabilasining bayroqdori bo‘lgan. Umar davrida Shom fathlarida ishtirok etgan. Yarmuk jangida (15/636-yil) bo‘lgan. Umrining oxirgi yilini Makkada kechirgan Abu Voqid al-Laysiy o‘sha yerda vafot etgan va «Muhojirun qabristoni»ga dafn qilingan. 684-685-yil(hijriy 65-yil)da vafot etgani va o‘sha vaqtda olt­mish besh, yetmish, yetmish besh yoki sakson besh yoshda bo‘lgani haqida ham rivoyatlar bor.



Hadislari



Payg‘ambardan boshqa Abu Bakr as-Siddiq, Umar va Asmo bint Abu Bakrlardan hadis rivoyat qilgan. Undan o‘g‘illari Abdulmalik va Voqid, shuning­dek, Ato ibn Yasor, Sa’id ibn Musayyab, Urva ibn Zubayr, Sulaymon ibn Yasor, Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba kabi tobe’inlar hadis ri­voyat qilganlar. Yigirma to‘rtta hadisni tashkil etgan rivoyatlari «Kutubi sitta»dan o‘rin olgan. Ulardan o‘n yettitasi Ahmad ibn Hanbalning «Musnad»ida zikr qilingan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz