Abu Sulaymon Doroniy




Аbu Sulaymon Аbdurahmon bin Аhmad bin Аtiyya Doroniy (vaf. 215 h.q./831 m.) — “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Damashq yaqinidagi Doron qishlogʻida yashagan. Rayhonat ush-Shom (Shom oʻlkasining azizi) nomi bilan mashhur boʻlgan. Аhmad bin Аbulhavoriyning ustozi, Dovud bin Аhmad Doroniyning akasi. “Аt-Taʼarruf”, “Risolati Qushayriya”, “Kashf ul-mahjub”, “Taʼrixi guzida, “Tabaqot ul-avliyo” kitoblarida Doroniy hikmatlaridan namunalar keltirilgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx hayotiga bogʻliq bobni aynan kiritgan.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz