Abu Saxiy masjidi





Abu Saxiy masjidi  — Toshkent viloyati Chilonzor tumanida joylashgan yirik masjidlardan biri. Masjid Oʻzbekistondagi yirik savdo majmuasi boʻlmish «Abu Saxiy» bozorining yonida qurilgan. 2022-yilning 8-aprel kuni masjidning ochilishi boʻlib oʻtdi. Ushbu yirik jome masjidi 3 ming kishiga moʻljallangan. Masjid ichi juda keng bo‘lib, ikki qavat va yer ostki qismdan (yertoʻla) iborat hamda 35 metrli yirik gumbazni 8 ta ustunlar ushlab turadi.


Masjidni tashqi tarafdan 2 ta 63 metrli minoralar bezab turibdi. «Minoralar uzunligi Payg‘ambarimiz alayhissalomning yoshlariga moslab 63 metrdan qilingan. Bu yerda har bir detalga ma’no berishga harakat qilganmiz», - deydi mas’ullar. Masjid qurilishi ikki yil mobaynida davom etgan. Shuningdek, masjidning pastki qismida ayollar uchun ham alohida namozxona va tahoratxona ishga tushirilgan.


Imom-xatib: Maqsudali Qosimov



Manbalar














uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz