Abu Said (Shayboniy)





Abu Saidxon (? — 1533) — Shayboniylar sulolasidan bo‘lgan Buxoroning toʻrtinchi xoni (1531-33). Koʻchkunchixonning oʻgʻli.




Kelib chiqishi



Abu Saidxon Koʻchkunchixonning uch oʻgʻlining eng kattasi bo‘lgan. Nasab bo‘yicha oʻzbek Shayboniylar sulolasining asoschisi Muhammad Shayboniyning amakivachchasi, temuriy Mirzo Ulugʻbek va o‘zbek xonligi asoschisi Abulxayrxonning nabirasi edi.



Harbiy harakatlar



G‘ijduvon jangi



1512–yilda Abu Said Muhammad Temur Sulton bilan birgalikda Koʻchkunchixon tomonidan Ubaydullaxonga yordam berish uchun yuboriladi. Ular G‘ijduvondagi hal qiluvchi jangda Ubaydullaxon boshchiligida safaviylar ustidan g‘alaba qozondilar. Sunniylik xonlikda islomning hukmron tarmogʻi sifatida saqlanib qolgan



Qozoqlarga qarshi jangda qatnashish



1516–1517 yillarda Abu Said Ubaydullaxonning qozoq xonlariga qarshi yurishida qatnashdi



Safaviylarga qarshi yurishlarda qatnashish



1524 va 1528–yillarda Abu Said Ubaydullaxonning Xurosonga yurishida qatnashdi. Bunday janglar u xon etib saylanganidan keyin ham davom etdi. Shayboniylar ham Xuroson va Hirot uchun Safaviylarga qarshi kurashni davom ettirdilar.



Buxoro xoni



Abu Said shayboniylar sulolasining ikki yirik namoyandasi: Suyunchxo‘jaxon (1454—1525) va Jonibek Sulton (XV asr—1529) vafotidan so‘ng, oliy xon deb eʼlon qilindi.


Abu Saidxon qarorgohi Samarqandda boʻlgan xon hisoblansa-da, mamlakatdagi haqiqiy hokimiyat Shayboniyxonning jiyani Ubaydullohxon qoʻlida edi. Biroq tangalar Abu Saidxon nomiga chiqarilgan. 1532- yilda Xurosonning bir qator shaharlari qoʻlga kiritilgach, Mashhad, Sebzevar va Torbatda tangalar muomalaga chiqarildi.



Madaniy siyosat



Ulugʻbek madrasasi yonida Registon maydonining janubiy tomonida Abu Saidxon Ulugʻbek davri ansamblini toʻldiruvchi madrasa qurdirgan. Bu binodan faqat „Chil duxtaron“ nomi bilan mashhur boʻlgan Shayboniylar qabri saqlanib qolgan.


Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, Abu Saidxon fors tilini umuman bilmagan.



Oila



Maʼlumotlarga koʻra, uning besh oʻgʻli boʻlgan : birinchisi — Ugan sulton, ikkinchisi — Sulton Said, uchinchisi — Jovonmardxon, toʻrtinchisi — Sulton Muhammad sulton, beshinchisi — Xudoyberdi sulton. Ugan sultondan nasl qolmagan.



O‘limi



Abu Saidxon 1533-yilda Samarqandda vafot etgan va Registon maydoni yaqinidagi sulolaviy qabrga (daxma) dafn etilgan. Afsuski, XX asrning boshlarida dahma allaqachon vayronaga aylangan. Keyinchalik 1930-yillarda Sovet hukumati tomonidan yo‘q qilingan. Abu Saidxon vafotidan keyin taxtga Ubaydullaxon oʻtirdi
Abu Saidxon davrida Movarounnahrda shayboniylar oʻrtasida Buxoro va Samarqand taxti uchun oʻzaro nizolar davom etgan. U mashhur tasavvuf olimi boʻlmish oʻz vaziri Ofoq Xojaning muridi edi.



Manbalar




Adabiyotlar


















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz