Abu Rayhon Beruniy hikmatlari



Odamgarchiligi bor mard kishi o‘zidan va o‘ziniki ekanligiga hech kim tortishib o‘tirmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi.

* * *Ne’matning qadri u yo‘qolgandagina bilinadi. 

 

* * * 

Odamlarning tuban  darajalisi  ham  o‘zidan  tubanroq  bo‘lgan   birovga egalik va raislik qilishdan xoli emas.* * *Har bir yangi narsada lazzat bor.* * *Bugunning chorasini ko‘rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.* * *Asalarilar ham o‘z jinsidan bo‘laturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini o‘ldirib tashlaydilar.* * *Minnat qilish berilgan ehsonni yo‘qqa chiqaradi.* * *Ikkala da’vogar rozi bo‘lishibdi-yu, qozi rozi bo‘lmabdi.* * *Har bir kun uchun haq va haqiqat hozir narsa.* * *Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi.* * *Ulug‘ hodisalar har vaqt yuz beravermaydi.* * *Buzuq niyatli va yomon axloqli kishilar o‘rtaga kirib olishi bilan ish to‘g‘ri bo‘lmaydi.* * *O’z istagiga erishishga taqdir yordam bermagan kishiga malomat qilinmaydi.* * *Odamlar yoqtirgan  kishilari tarafini olib, yomon  ko‘rgan  kishilarini ta’na qilishadi.* * *Komil narsa ortiqchalikni ham, kamchilikni ham qabul etmaydi.* * *Yolg‘onchilikdan chetlanib, rostgo‘ylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolg‘onchining o‘zi ham sevib maqtaydi.* * *Ko‘z bilan ko‘rgan eshitgandan afzalroqdir.* * *Tillarning turlicha bo‘lishiga sabab - odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida bir-biriga ehtiyoj tug‘ilishidir.* * *Hayvonlarning tabiatlarida kushandalaridan nafratlanish, dushmandan o‘zini qo‘riqlash bor.* * *Hasad bilan g‘azab ikki qanot bo‘lib harakatga kelsa, toza va chiroyli hayotlarni xira va kuduratli qilib yuboradi.* * *Haddan ortiq g‘azab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf obro‘ni ketkazadi.


Uzpedia.uz