ABU NUVOS Abu Ali Hasan ibn Honi Hakamiy (762, Ahvoz – 813, Bag’dod) — Arab shoiri. Abbosiylar davrining buyuk shoirlaridan. Kufa madrasalarida ta’lim olgan. She’rlarining go’zalligi, purhikmatliligi jihatidan hatto Umru ul-Qaysga tenglashtirilgan. Mayparastligi tufayli el ichida “Sha’ir ul-Xamra” (“Ichkilik shoiri”) degan nom olgan. Hayotining asosiy qismini Bag’dodda o’tkazgan, xalifalar — Horun ar-Rashid, Al-Amin va Al-Ma’mun bilan juda yaqin munosabatda bo’lgan. Ijodida ishqiy va axloqiy mavzu yetakchi o’rin tutadi. Uning “Devoni” Qohirada qayta-qayta nashr etilgan (1898).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish