Abu Nazr Sog'arjiy
Abu Nazr Sogʻarjiy (arabcha: أبو نذير الصغرجي — Abu Nazr Sogʻarjiy — Toʻliq ismi: Abu Nazr Muhammad ibn Hotam ibn Saʼid Sog‘arjiy So‘g‘diy) — muhaddis va roviy.
Hayoti
Abu Nazr Sogʻarjiy dastlabki tahsilni otasi Hotam ibn Saʼiddan olgan. Shu bois, u tomonidan keltirilgan hadislarning aksariyati otasi Hotam ibn Saʼiddan rivoyat qilingan. Undan tashqari Abu Nazr Sogʻarjiy oʻz zamonasining bir qancha mashhur allomalaridan ham hadislar rivoyat qilgan.
Shogirdi
Abu Nazr Sogʻarjiydan Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh ibn Ibrohim Mustalamiy kabi koʻplab zotlar hadis oʻrganganlar hamda rivoyat qilganlar.
Manbalarda Abu Nazr Sogʻarjiyning tavallud topgan va vafot etgan yili haqidagi maʼlumotlar uchramadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org