Abu Nasr Sog‘arjiy
Abu Nasr Sogʻarjiy (arabcha: أبو نصر الصاغرجي — Abu Nasr Ahmad ibn Faraj ibn Abdulaziz ibn Abulhaysam Sogʻarjiy) — faqih.
Hayoti
Abu Nasr Sog‘arjiy faqih, fozil va solih kishi bo‘lgan. Abu Nasr Sog‘arjiyga Alloh taolo olim farzandlar ato etganki, ular ham o‘z zamonasining mashhur olimlaridan hisoblanishgan.
Ustozi
Abu Nasr Sogʻarjiy hadis ilmi sir-asrorlarini ustozi Yusuf ibn Solih Xatibdan oʻrgangan. Bundan tashqari oʻsha davrning birqancha muhaddislardan hadislar tinglagan va rivoyat qilgan.
Manbalarda Abu Nasr Sogʻarjiydan uning oʻgʻli hamda bir qancha kishilar hadis rivoyat qilgani qayd etilgan.
Vafoti
Abu Nasr Sogʻarjiy hijriy 524-yil robiʼal-avval oyi — milodi 1130-yil fevral oyida Samarqandda vafot etgan. Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org