Abu Nasr Sarroj
Abu Nasr Sarroj (988-yilda vafot etgan) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. “Tovus ul-fuqaro” (Faqr ahlining tovusi) nomi bilan ham mashhur boʻlgan. “Al-Lumaʼ fit-tasavvuf” kitobining muallifi. Abu Muhammad Murtaʼishning muridi. Sariy Saqatiy, Sahl Tustariy, Abu Mansur Gozur bilan uchrashgan. Abulfazl Hasan Saraxsiyning ustozi. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni qisqartirilgan holda kiritgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org