ABU NASR QUBAVIY



ABU NASR QUBAVIY Axmad ibn Muhammad ibn Nasr (11 — 12-asrlar) — quvalik tarixchi va tarjimon. 1128 — 29 yillarda Narshaxiyning “Tarixi Buxoro” (“Buxoro tarixi”) asarini arab tilidan fors tiliga tarjima qilgan. Tarjima qilish jarayonida unga Buxoro tarixiga doir katta tarixiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni ham kiritgan. Bu asarning bir necha qo’lyozma nusxalari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz