Abu Nasr Porso maqbarasi




Abu Nasr Porso maqbarasi  — Afgʻonistonning Balx shahrida joylashgan meʼmoriy yodgorlik. Naqshbandiya tariqatining koʻzga koʻringan vakili shayx Abu Nasr Porso qabri ustiga 1470-yillari qurilgan. Bino toʻrtburchak tarhli, har tarafi oʻrtasida ikki oshyonli ravoq-ayvonlar bor. Katta peshtoq, ikki yonidagi baland guldasta-burjlar, orqadagi mayda va zich gʻarovli gumbaz juda serhasham. Meʼmor oʻz davrigacha meʼmorchilikda erishilgan barcha ijodiy sifatlardan foydalangan. Ayniqsa koshinkori bezaklar nihoyatda nozik va nafis.



Manbalar



















uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz