Abu Muhammad Shoshiy





Abu Muhammad Shoshiy (arabcha:ابو محمد شوشي — Abu Muhammad Shoshiy — Toʻliq ismi:Abu Muhammad Jaʼfar ibn Shuayb Shoshiy (vafoti 907-yil)) — roviy.



Hayoti



Abu Muhammad Jaʼfar ibn Shuayb Shoshiy Shoshda tavallud topgan. Mashhur tarixchi Samʼoniyning taʼkidlashicha, Abu Muhammad Jaʼfar ibn Shuayb Shoshiy 287/900-yilda Nishopurga kelib, Abu Ahmad Muhammad ibn Yusuf Tamomiy, Abu Rabiʼ Xolid ibn Yusuf Samtiylardan hadis ilmidan taʼlim olgan.
Abu Muhammad Jaʼfar ibn Shuayb Shoshiy 294/907-yilda Shoshda vafot etgan.






Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz