Abu Muhammad Qatavoniy




Abu Muhammad Qatavoniy  — (XI—XII asrlar) faqih, roviy. Toʻliq ismi Abu Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Ayub Qatavoniy.




Hayoti va faoliyati



Abu Muhammad Qatavoniy Ustrushaning Qatavon qishlogʻida tavallud topgan. U fiqh ilmidan tashqari hadis va tafsir ilmlarini ham chuqur egallagan. Hadislarni zamonasida din iftixori sanalgan Abu Hoshim Abdumuttalib ibn Fazl ibn Abdumuttalib Hoshimiy Halabiydan rivoyat qilgan.



Vafoti



Abu Muhammad Qatavoniy hijriy 506-yilda (milodiy 1113-yil) vafot etgan.



Adabiyotlar



Samʼoniy, «Al-ansob», 4-jild, 526-bet; Atayev M., «Jizzax allomalari», 88-bet;



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz