Abu Mansur Qontariy




Abu Mansur Qontariy (arabcha: أبو منصور القنطاري — Abu Mansur Jaʼfar ibn Sodiq ibn Junayd Qontariy) — Muhaddis va roviy.


(vaf. 927 y.)


Abu Mansur Qontariy IX asr oxirida Samarqanddagi Ishtixon shahriga qarashli Roʻs al-qontara qishlogʻida Sodiq ibn Junayd xonadonida tavallud topgan. Bu qishloq XII asrgacha Xushufagʻon, XIII asrgacha arabcha "Roʻs al-qontara" ("Koʻprik boshi"), XIII asrdan XVI asrgacha esa forscha "Saripul" deb atalgan. Abu Mansur Jaʼfar ibn Sodiq ibn Junaydga "Roʻs al-qontariy" deb emas, balki "Qontariy" deb nisba berilgan. Shu bois xalq orasida Abu Mansur Qontariy nomi bilan tanilgan.




Ustozlari



Abu Abdulloh Yoqut Hamaviyning "Muʼjam al-buldon" kitobida keltirilishicha Abu Mansur Qontariy hadis ilmi sir-asrorlarin Xalaf ibn Oʻmir Buxoriy va Muhammad ibn Ishoq ibn Xuzayma kabi allomalardan oʻrgangan va ulardan hadislar rivoyat qilgan.



Vafoti



Abu Mansur Qontariy 315/927 yilda vafot etgan.



Manbalar




Adabiyotlar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz