Abu Ja’far Muhammad Astug‘dadiyziy





Abu Jaʼfar Muhammad Astugʻdadiyziy (arabcha: أبو جعفرمحمد الأستغداديزى — Abu Jaʼfar Muhammad ibn Muhammad Astugʻdadiyziy) — Roviy.


Toʻliq ismi Abu Jaʼfar Muhammad ibn Muhammad ibn Osim ibn Ramazon ibn Ali ibn Aflah ibn Kosmona al-Astugʻdadiyziy. U XI asr boshida Nasafga qarashli Astugʻdadiyza qishlogʻida tugʻilgan. Abu Jaʼfar Muhammad Astugʻdadiyziy boshlangʻich taʼlimni otasi Muhammad al-Astug‘dadiyziydan olgan.




Ustozlari



Abu Jaʼfar Muhammad Astugʻdadiyziy hadis ilmining sir-asrorlarini otasi Abu Bakr Muhammad ibn Osim ibn Ramazon ibn Ali ibn Aflah ibn Kosmona al-Astugʻdadiyziydan va Abu Muhammad Ismoil ibn Husayn az-Zohid va bir guruh Buxorolik muhaddislardan oʻrgangan va hadislar rivoyat qilgan.



Shogirdi



Abu Jaʼfar Muhammad Astugʻdadiyziydan o‘g‘li Abdulaziz taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan.



Vafoti



Abu Jaʼfar Muhammad Astugʻdadiyziy 425/1034-yili oʻrta yosh davrida vafot etgan.



Manbalar




Adabiyotlar










uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz