Abu Ishoq Ibrohim al-Buxoriy





Abu Ishoq Ibrohim al-Buxoriy (arabcha: أبو إسحاق إبراهيم البخاري — Abu Ishoq Ibrohim ibn Muhammad ibn Hishom al-Buxoriy) — hanafiy faqihi.


„Al-Amiyn“ nomi bilan tanilgan alloma Abu Ishoq Ibrohim al-Buxoriy o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan peshqadam faqihlaridan bo‘lgan. Olim hanafiy mazhabida faoliyat olib borgan.




Hadislari



Abu Ishoq Ibrohim al-Buxoriy Abu-l-Muvajjah Muhammad ibn Amr, Sahl ibn Shozavayh, Abu Ali Solih ibn Muhammad Jazaralarning suhbatidan bahramand bo‘lib, ulardan hadis eshitgan. Bag‘dodga borib, u yerda hadis aytgan, shahar ahllari undan hadis rivoyat qilganlar. Olimdan shuningdek, Abu Umar ibn Hayyuvayh, Abdulloh ibn Usmon ad-Daqqoqlar rivoyat qilganlar. Abu Ishoq Ibrohim al-Buxoriy 950-yil (hijriy 337-yil)da haj safariga chiqqan. Yo‘lda turli yerlarda hadis rivoyat qilib borgan.



Iqtibos



Al-Hofiz Muhammad ibn Abdulloh an-­Naysoburiy aytadi:

...haj safaridan qaytayotib bir muddat bizning huzurimizda bo‘ldi. Biz undan Abu Ali al-Hofizning «Saylanma»sini yozib oldik


.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz