Abu Hozim Makkiy




Abu Hozim Makkiy – “Nasoyim ul-muhabbat”da zikr etilgan tasavvuf shayxi. Tobeʼinlardan boʻlib, Anas bin Molik, Abu Hurayra kabi ulugʻ sahobalar suhbatiga musharraf boʻlgan. Tasavvuf sirlarini Hasan Basriydan oʻrgangan. Ummaviy xalifa Hishom ibn Abdulmalikning ehtiromiga sazovor ulamo sifatida tanilgan. Abu Tolib Makkiy “Qut ul-qulub” asarida Abu Hozim Makkiy haqida alohida fasl ajratib, taqvo, zuhd va ruhiy tarbiya haqidagi hikmatlaridan koʻp iqtibos keltirgan. Navoiy ushbu shayx haqidagi faslni Abutolib Makkiyning asari hamda Attorning “Tazkirat ul-avliyo”si asosida yozib, “Nasoyim ul-muhabbat”ga kiritgan.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz