Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G’azoliy
Gʻazoliy, Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-Gʻazoliy—yirik
ilohiyotchi olim, faylasuf.
Faoliyati
Tus shahri(Xuroson)da 1058-yilda tug‘ilgan.Nishopur sh.da ash’ariy ulamo
Juvayniy qo‘lida tahsil ko‘rdi.Saljuqiylar vaziri Nizomulmulk huzurida Bag‘dodda xizmat
qildi, Nizomiya madrasasida faqih-mudarris sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Ismoiliylar
Nizomulmulkni o‘ldirganidan so‘ng R. haj bahonasida Bag‘dodni tark etib, Damashqda 11
yil yashadi. Keyinchalik Nizomulmulk o‘g‘li Faxrulmulk taklifi bilan yana Nizomiya
madrasasida mudarrislik qildi.
Asarlari
Asosiy asarlari „Tahofut ul-falosifa“ („Faylasuflarni rad etish“), „Kimyoi saodat“ („Saodat
kimyosi“), „Ixyo ulum ad-din“ („Diniy ilmlarni tiriltirish“) va b.da R. islom ilohiyoti
tizimini ishlab chiqqan, uni falsafiy jihatdan asoslashga uringan.Anʼanaviy sunniylik
aqidalarini soʻfiylik ideallari bilan birga qo‘shib talqin etgan.Inson iroda erkinligi va ilohiy
taqtsir masalalarini ko‘rib chiqib, „kasb“ („o‘zlashtirish“) g‘oyasini oldinga surgan. R.ga
ko‘ra, inson Alloh buyurgan yaxshi yoki yomon amallar orasidan o‘ziga maqbulini tanlab
olishda ixtiyoriydir va shu bois, mazkur xatti-harakatlari oldindan belgilab qo‘yilishi
(taqdir)ga qaramay, ular uchun aynan insonning o‘zi mas’uldir.Bir necha asarlarida Gʻarb
musulmon faylasuflari, Aristotelning Sharqdagi izdoshlari (Forobiy, Ibn Sino va boshqalar) bilan
olamning yaratilganligi, Koinot abadiyligi,ruhning o‘lmasligi muammolari, sababiyat
nazariyasi va h.k. bo‘yicha bahs yuritgan.Islom tafakkuri va o‘rta asr Yevropa
falsafasiga barakali taʼsir ko‘rsatgan.Zamondoshlari tomonidan „Hujjat ul-islom“ („Islom
dalili“) deb ulug‘langan.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org