Abu Hayyon Andalusiy Asiruddin Muhammad ibn Yusuf ibn Ali al-Gʻarnotiy




Abu Hayyon Andalusiy Asiruddin Muhammad Ibn Yusuf Ibn Ali al-Gʻarnotiy (1256-1334) — tilshunos olim. 65 ta asar yozgan, ularning 10 dan koʻprogʻi bizgacha yetib kelgan. „Kitob ulmubayyin fi tarix il-Andalus“ („Andalusiya tarixi haqida bayon qiluvchi kitob“), „Zahr ul-mulk fi taharrurit turk“ („Turk ozodligi chechagi“), „Kitob ul-idrok li lison il-atrok“ („Turkiy tillarni bilish kitobi“), „Kitob ulafʼol fi lisonit turk“ („Turk tilidagi feʼllar kitobi“), Mantiq ul-furs li lison il-furs" („Fors tilini bilmaydiganlar uchun fors tili haqida soʻzlar“), „Hyp ul-gʻabash fi lison il-habash“ („Habash tilidagi qorongʻuliklarni yorituvchi nur“), „Ad-durrat ul-muziʼa fi lugʻatit turkiya“ („Turkiy til haqida nur beruvchi marvarid“) kabi asarlari mavjud. U asarlarida turkiy tillarning grammatikasi va leksikasi, oʻsha davrda mavjud boʻlgan koʻpgina turkiy lahja va shevalar haqida maʼlumot bergan. Uning asarlari turkiy tillar tarixini oʻrganishda qimmatli manbadir.



Manbalar














uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz