Abu Hafsa Yazid
Abu Hafsa Yazid (arab. ابو حفص يزيد) –Umaviylar xalifasi Marvon ibn Hakam ning (vaf. 684/685) mavlosi yoki xizmatkori. Yazidning toʻliq ismi ma’lum emas. Abu Hafsa “Hafsaning otasi” degan ma’noni anglatadi.
hayoti:
Marvon Yazidni ozod qilgan va uni Madinada soliq yigʻish lavozimiga tayinlagan. U Yamoma amirining qiziga uylangan va ularning avlodlari orasida ilk islom davrining bir qancha taniqli shoirlari, jumladan Marvon ibn Abu Hafsa va Marvon ibn Abu al-Janub ham bor edi.
Abu Hafsa Yazid ning kelib chiqishi aniq emas; u fors yoki yahudiy boʻlishi mumkin. U milodiy 650-yilda Istaxr fathi asnosida yoshligida asirga olingan va keyinchalik xalifaga sotilgan boʻlishi mumkin. Usmon ibn Affon o‘ldirilgan kuni ozod qilingan. Abu Hafsa Yazid Islomni qabul qilganmi yoki yahudiy e’tiqodini saqlab qolganmi, bu borada manbalarda turlicha soʻlar kelgan.
Abu Hafsa Yazid ba’zan milodiy
643-yilda xalifa Umar I ning saroy tabibi sifatida tasvirlangan, ammo bu keyingi arab tarixchilarining yozuvlariga asoslangan xato boʻlishi mumkin, chunki u dastlabki matnlarda tabib deyilmagan.
Manbalar
uz.wikipedia.org