Abu Hafs Saraxsiy





Abu Hafs Saraxsiy (arabcha: أبو حفص سرخسي — Abu Hafs Umar ibn Muhammad Sheroziy Saraxsiy) — mufassir, muhaddis va faqih


Abu Hafs Saraxsiy mufassir, muhaddis va faqih boʻlib, "Sharaful-umma" ("ummatning sharafi") nomiga sozovar boʻlgan. U 1058 yili Saraxs viloyatidagi "Sheroz" qishlogʻida tugʻilgan. Qurʼon tilovati bilan mashgʻul boʻlib, umrining oxirida kambagʻal kishilarga dars bergan.




Ustozi



Abu Hafs Saraxsiy Marvda yashagan. Asosiy taʼlimni ustozi Abulmuzaffar Samʼoniydan olgan.



Asarlari



Abu Hafs Saraxsiy fiqhiy ixtiloflarga doir 3ta asar yozgan. Shulardan "Al-iʼtisomu fil-xilof" (Ixtiloflardan saqlanish) asari keng tarqalgan.



Vafoti



Abu Hafs Saraxsiy 1135 yili Marvda vafot etgan va Sijdon qabristoniga dafn qilingan.



Manbalar




Adabiyotlar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz