Abu Hafs al-Kabir madrasasi
Abu Hafs Kabir madrasasi (Abu Hafs al-Kabir madrasasi, Abu Hafs al-Kabir al-Buxoriy madrasasi) — Ilk Buxoro madrasalaridan biri. 800—810-yillar oraligʻida qurilgan. Uning birinchi mudarrisi Movarounnahr fiqh maktabiga asos solgan alloma Abu Hafs al-Kabir al-Buxoriy (767—832) boʻlgan. Imom al-Buxoriy madrasa taʼlimini ushbu oʻquv muassasida yakunlagan. Buxorodagi ilk kutubxonalardan biri ham shu yerda tashkil qilingan deb taxmin qilinadi. Madrasa bilan bogʻliq ayrim tarixiy yodgorliklar hozirda saqlanib qolgan. Ayrimlari taʼmirlangan. Buxoro inqilobiga qadar bu yerda dars oʻtilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org