ABU BAKR KULUIY (KALAVIY) Naddof



ABU BAKR KULUIY (KALAVIY) Naddof (? — 1366) — hunarmand (jun tituvchilar oqsoqoli, jun tituvchi — naddof), 1365 — 66 yillarda mo’g’ul bosqinchilariga qarshi Samarqandda ko’tarilgan sarbadorlar qo’zg’oloni rahbarlaridan biri. Qo’zg’olon Mo’g’uliston xoni Ilyosxo’ja 1365 — 66 yillarda Movarounnahrga hujum qilgan davrda boshlandi. Qo’zg’olon rahbari Mavlonozoda va Abu Bakr Kuluiy Naddof Samarqand amiri qochib ketgach, shahar mudofaasini o’z qo’llariga olib, fuqaroni qurollantirganlar va mo’g’ullar hujumini qaytarganlar. Shundan so’ng sarbadorlarning bevosita ishtirokida shahar aholisini talash va zo’ravonlik boshlangan. Amir Husayn Samarqandga yurish qilib, Konigilda sarbadorlar boshliqlari ustidan shar’iy sud jarayoni o’tkazib, Abu Bakr Kuluiy Naddofni o’limga mahkum etgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz