Abu Bakr ibn Mujohid
Abu Bakr Ahmad ibn Muso ibn Abbos ibn Mujohid al-Atariy (arab. أبو بكر أحمد بن موسى بن العباس بن مجاهد التميمي, 859/860 — 936) — oʻzining „Kitob as-sabʼa fil-qiroat“ asarida Qurʼoni karimning yettita qiroatini asoslab bergani va taʼriflagani bilan mashhur boʻlgan islom olimi.
Biografiyasi
Ibn Mujohid hijriy 245 (milodiy 859-860) — yilda Bagʻdodda tugʻilgan, u yerda hadis va Qur’on ilmi bilan shugʻullangan . U Qur’onni Muhammad ibn Ahmad ad-Dojuniy va Qunbuldan oʻrgangan. Ibn Mujohid shofe’iy mazhabiga qiziqish bildirgan boʻlsa-da, qaysi fiqh mazhabiga mansub boʻlgani nomaʼlum. U Qur’on qiroati boʻyicha taniqli mutaxassis boʻlib yetishgan. Uning dars xalqasida 84-300 ta oraligʻidagi talabalar boʻlgani aytiladi. Ibn Mujohid milodiy 936-yil 13-iyulda/20-shaʼbon 324-hijriyda vafot etgan.
Qur’on qiroatiga doir kitobi
Ibn Mujohid oʻzining "Kitob as-sabʼa fil-qiroat" asarida Qurʼonning yetti qiroatini tavsiflagan, keyinchalik ular „yeti qiroat“ deb nomlangan. Qiroat imomlarining uch nafari Kufadan, qolganlari esa Makka, Madina, Damashq va Basradan boʻlib, bu shaharlarning barchasi ilk islom davri ilm markazlaridan edi. Yetti imom quyidagilar edi:
Madinalik Nofeʼ;
Makkalik Ibn Kasir;
Damashqlik Ibn Omir;
Basralik Abu Amr;
Kufalik Al-Kisoiy;
Kufalik Hamza az-Zaiyyot;
Kufalik Osim ibn Abu Najud.
Shaxsiy qarashlari
Ibn Mujohid arab grammatikasini bilmasdan turib Qur’onni yodlashdan ogohlantiradi va bu oʻquvchining oyatlarni eslab qolish qobiliyatiga zarar yetkazishi mumkinligini taʼkidlaydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org