Abu Bakr as-Surxakatiy
Abu Bakr as-Surxakatiy (arabcha: أبو بكر السرخكتي) — Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh ibn Foil as-Surxakatiy) — hanafiy faqihi, hadisshunos.
Hanafiy mazhabi faqihi, hadisshunos olimlardan sanalgan Abu Bakr as-Surxakatiyning tavallud sanasi noma’lum bo‘lib, hijriy 518-yil zul-hijja oyi (milodiy 1125-yil yanvar oyi)da vafot etgan. Olimning janozasi hayit namozida o‘qilgan va Buxoroga olib kelinib, o‘sha yerga dafn qilingan.
Abu Bakr as-Surxakatiy avval Samarqandda fiqhdan ta’lim oladi, so‘ng ilmini Buxoroda davom ettirib, o‘sha yerda yashab qoladi. Manbalarda Abu Bakr as-Surxakatiyning ustozi sifatida Abu-l-Ma’oliy Muhammad ibn Zayd al-Husayniy nomi zikr qilingan. O‘z navbatida, faqihdan ko‘p jamoa olimlari hadis rivoyat qilganlar.
Abu Bakr as-Surxakatiy har bir savolga hujjat-dalil bilan javob beruvchi fozil yo‘lboshchi-imomlardan ham bo‘lgan. Olim Movarounnahrning o‘rta asrlar tarixida chuqur iz qoldirgan Oli Burhon yoxud Bani Moza oilasining asoschisi Burhonuddin Abdulaziz ibn Moza al-Marviy al-Buxoriyning raqiblaridan bo‘lib, u bilan Buxoroda munozaralar olib borgan.
Asarlari
Adabyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org