Abu Bakr ash-Shoshiy





Abu Bakr ash-Shoshiy (arabcha: أبو بكر الشاشي — Abu Bakr Umar ibn Abdurrahim ash-Shoshiy) — so‘fiy va muhaddis.




Hayoti va faoliyati



Shoshlik muhaddislar orasida ham, tasavvufda ham shuhrat qozonib, „shayx“, „solih so‘fiy“ kabi darajalarga erishgan Abu Bakr ash-Shoshiy Marvda Roziq daryosi bo‘­yida istiqomat qilgan. Abu Bakr ash-Shoshiy Imom Abu-l-Muzaffar as-Sam’oniy, Abu-l-Qosim Hibatulloh ibn Abdulvoris ash-Sheroziy al-Hofiz, Abu Saʼd Muhammad ibn al-Horisiy va b.oshqalardan hadis ilmini o‘rgangan.



Iqtibos



Tarixchi as-Sam’oniy Abu Bakr ash-Shoshiydan Marvda hadislar yozib olgan. Uning xabar berishicha,

Men undan fotiha olganman va uni tez-tez ziyorat qilardim. Undan eshitgan hadislar rivoyatlari sirasida Hibatulloh ash-Sheroziy to‘plab, yozib olgan „Arbaʼӣn“ ham bor edi.


Vafoti



Abu Bakr ash-Shoshiy Marvda vafot etgan va Roziq daryosi qirg‘og‘i bo‘yiga dafn qilingan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz