Abu Bakr ash-Shofeʼiy





Abu Bakr ash-Shofeʼiy (arabcha: أبو بكر الشافعي — Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh ibn Ibrohim al-Bazzoz ash-Shofeʼiy al-Bag‘dodiy) — muhaddis va faqih.




Hayoti va faolyati



Dajla yaqinidagi Jabbul shaharchasida tug‘ilgan. „Al-Bazzoz“ laqabini kiyim tijorati bilan shug‘ullangani uchun olgan. Abu Bakr ash-Shofeʼiy hadis o‘rganishni o‘n olti yoshida boshlagan. Misr, Damashq, al-Jazira kabi ilm markazlariga safar qilib, Abu Qiloba ar-Raqoshiy, Muhammad ibn Maslama, Horis ibn Abu Usoma, Ibn Abu-d-Dunyo, Abu Muslim al-Kajjiy, Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal va boshqa mashhur ustozlardan taʼlim olgan. Keyinchalik Bag‘dodda qolib hadis rivoya­ti bilan mashg‘ul bo‘lgan. Buvayhiylar bu yerda sahobalarning fazilati haqida so‘z yuritishni taʼqiqlab, masjid eshiklariga ular haqida haqoratomuz yozuvlarni ostirganida Abu Bakr ash-Shofeʼiy bu taʼqiqlovga eʼtibor bermay, shahar masjidida sahobalarning fazilatiga doir suhbatlar o‘tkazgan va hadislar yozdirgan. Bu suhbatlarni undan ad-Doraqutniy, Ibn Shohiyn, Abu Abdulloh ibn Manda, Ibn Shozon al-Bag‘dodiy va Abu Ishoq al-Isfaroyiniy kabi olimlar tinglaganlar. Abu Bakr ash-Shofeʼiy o‘tkazgan imlo majlislarida shogirdlariga hadis rivoyat qilgan. Ad-Doraqutniy davr muhaddislari orasida undan ko‘ra ishonchli kimsa bo‘lmaganini zikr qilgan. Shamsuddin az-Zahabiy esa, uning hadisda hujjat bo‘lganini maʼlum qilgan. Ilmiy faoliyat barobarida tijorat bilan ham shug‘ullangani uchun turli shaharlarga safar qilgan. Abu Bakr ash-Shofeʼiy Bag‘dodda vafot etgan va Ahmad ibn Hanbal qabri yoniga dafn qilingan.



Asarlari





Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz