Abu Bakr al-Samarqandiy
Abu Bakr Muhammad al-Yamān al-Samarqandi (arabcha: أﺑﻮ ﺑﻜﺮ ﻣﺤﻤﺪ ﺑﻦ اﻟﻴﻤﺎن السمرقندي) — fiqh va ilohiyotchi samarqandlik sunniy-hanafiy olimi boʻlgan. Uning vatandoshi Abu Mansur al-Moturidiy Abu Bakr Samarqandiy boshlagan yoʻldan yurgan.Abu Bakr al-Samarqandiy tomonidan quyidagi asari tasnif etilgan: “Ar-rad ala-l-karromiya” (“Karromiyalarga raddiya”), “Kitobu-l-anvor” (“Nurlar kitobi”), “Maolimu-d-din” (“Dinning belgilari”), “At-tibbu-r-ruhoniy” (“Ruh tabobati”) nomli asar.
K. Brokkelman “Arab adabiyoti tarixi” nomli kitobida Abu Bakr al-Samarqandiyni faylasuf va ilohiyotchi olim deb ta’rif bergan. K. Brokkelmanning yozishicha, bu kitob Abu Xotam Roziyning (313/925-yili vafot etgan. Muhammad ibn Zakariyo Roziydan boshqa kishi) falsafiy qarashlariga qarshi yozilgan.
Asarlari
Manbalarda uning toʻrtta asarining nomi tilga olingan:
Vafoti
Abu Bakr butun umrini tugʻilib oʻsgan shahri Samarqandda oʻtkazgach, hijriy 268, milodiy 881-882-yili vafot etgan.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org