Abu Bakr al-Keshiy
Abu Bakr al-Keshiy (arabcha: أبو بکر الکشی — Abu Bakr Sodiq ibn Abu Bakr ibn Husayn al-Gʻaznayoniy al-Keshiy) — faqih.
Abu Bakr al-Keshiy Gʻaznayon qishlog‘idan yetishib chiqqan. Alloma, imom va faqih kabi ulug‘ rutbalar sohibi bo‘lgan. Abu Bakr al-Keshiy Samarqandda yashagan va shu shaharda sha’bon oyida vafot etgan. Gʻonfar deb atalgan joydagi maqbaraga dafn qilingan.
Abu Bakr al-Keshiyning ustozi Abu-l-Fath Muborak ibn Ismoil ibn Muhammad al-Bohiliy hisoblanadi. Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy Abu Bakr al-Keshiyning shogirdlaridan bo‘lgan.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org