Abu Bakr al-Ishtixoniy





Abu Bakr al-Ishtixoniy (arabcha: أبو بكر الإشتخاني — Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Matto al-Ishtixoniy) — roviy.


Abu Bakr al-Ishtixoniy nihoyatda kuchli bilim, yuksak maʼnaviyat, fiqh ilmi borasida keng tafakkurga va o‘z zamonasining taniqli hadis roviylaridan bo‘lgan.
Abu Bakr al-Ishtixoniy Imom al-Buxoriyning „Al-­Jāmi’ as-sahӣh“ hadislar to‘plamini mukammal o‘rganib, undan rivoyat qilish va dars berishga ijozat olgan.


Allomadan Abu Komil al-Basriy, Abu Saʼd al-Idrisiy, Ali ibn Suxtam as-Samarqandiy va faqih Abu Nasr ad-Dovudiy kabi bir qancha olimlar hadis o‘rganganlar.


Abu-l-Hasan Ali ibn Muhammad al-­Jazariyning „Lubāb fӣ tahzӣb al-ansāb“ kitobida keltirilishicha, alloma Abu Bakr al-Ishtixoniy 991-yil (hijriy 381-rajab oyida 87 yoshida Ishtixonda vafot etgan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz