Abu Bakr al-Firyobiy
Jaʼfar ibn Muhammad ibn Hasan ibn Mustafoz al-Firyobiy (Abu Bakr) — faqih va muhaddis. U milodiy 822-yil (hijriy 207-yil) tavallud topgan. Firyob turk shaharlaridan biri. Ilm talabi bilan Movarounnahr, Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom, Misr va Jaziraga borgan. Diynavar qozisi bo‘lgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar.
Abu Bakr al-Firyobiy 94 yil umr ko‘rib, milodiy 914-yil (hijriy 301-yil) muharram oyida vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org