Abu Bakr Ahmad ibn Sa’d





Abu Bakr Ahmad ibn Sa’d (taxminan IX asr oxiri — Buxoro – 971-yil) — shayxulislom. Muhammad payg‘ambarning qizi Bibi Fotimaning o‘g‘li imom Husaynning evarasi. Ayrim tarixchi olimlar Xoja Sa’d bilan uning o‘g‘li Abu Bakr Ahmad ibn Sa’dni bir odam deb yozadilar. Bu narsa xatolikka olib keladi. Imom Husayn shajarasida Xoja Sa’d ibn Xoja Zaynulobiddin va Imom Abu Bakr Ahmad ibn Xoja Sa’d deb yozilgan.



Shajarasi



Badriddin Kashmiriyning „Ravzat ar-Rizvon va hadiqat al-G‘ilmon“ asarida Imom Abu Bakr Ahmad ibn Sa’dning shajarasi quyidagicha keltirilgan:




Tarjimayi holi



Imom Abu Bakr Ahmad ibn Sa’d Buxoroda tug‘ilgan. Xoja Sa’dning merosxo‘ri. Ismoil Somoniyning xos amiri, olim, fozil, zohid Abdulla Sapedmo‘niydan ta’lim olgan. Abu Bakr Ahmad ibn Sa’d „Mashhur imom“ nomiga sazovor bo‘lgan. Uning shaxsiy fiqh maktabi bo‘lgan. Ko‘pgina olim va shayx-avliyolarga ustozlik qilgan. U ilmiga amal qilish bilan birga mavohid (shogird tarbiyalab avliyolik darajasiga yetkazuvchi) ham bo‘lgan. Imom Abu Bakr Ahmad ibn Sa’d bir qancha kitoblar ham yozib, u tomonidan bitilgan kitoblar Chingizxon bosqini paytida kuydirib yuborilgan.


Abu Bakr Ahmad ibn Sa’d Abu Bakr Fazlning qiziga uylangan. Undan Xoja Zahiriddin tug‘ilgan. Ahmad ibn Mahmud Buxoriyning „Tarixi Mullozoda“ („Buxoro mozorlari zikri“) kitobida qayd etilishicha, Xoja Imom Abu Bakr Ahmad ibn Sa’d hijriy 360-yil (milodiy 971-yil)da vafot etgan. U dafn etilgan Buxoro yaqinidagi Sumitan qishlog‘idagi qadimiy qabriston atrofiga Buxoro xoni Abdullaxon ibn Iskandarxon madrasa, masjid, xonaqoh va chorbog‘ bunyod ettirib, me’moriy majmua shakliga keltirgan.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz