Abu Bakr Ahmad al-Odamiy ash-Shoshiy





Abu Bakr Ahmad al-Odamiy ash-Shoshiy (arabcha: أبو بكر أحمد الآدمي الشاشي — Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Odam ibn Abdulloh al-Odamiy ash-Shoshiy) — muhaddis.


As-Sam’oniy „Al-Ansāb“ asarida mu­haddis bobosining ismi Odam bo‘lgani, shu bois unga „al-Odamiy“ nisbati berilganini zikr qiladi.


Abu Bakr Ahmad al-Odamiy ash-Shoshiy dastlab hadis ilmini o‘z yurtida Habib Mug‘iyra ash-Shoshiy, Homid ibn Dovud ash-Shoshiylardan o‘rgangan. Abu Bakr Ahmad al-Odamiy ash-Shoshiy ilm-maʼrifat talabida Iroq va Hijoz o‘lkalariga safar qilgan. Ubaydulloh ibn Vosil al-Buxoriy, Abu Hotim Muhammad ibn Idris ar-Roziy, Muhammad ibn Abdulloh ibn Yazid Muqri’ va boshqalardan taʼlim olgan. Abu-l-­Fazl Muhammad ibn Muhammad ash-Shoshiy, Abu Jaʼfar Muhammad ibn Ali ibn Saʼdon ibn al-Gʻazzoliy, Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad al-Ishtixoniylar Abu Bakr Ahmad al-Odamiy ash-Shoshiydan hadis ri­voyat qilganlar.


As-Sam’oniyning xabar berishicha, Abu Bakr Ahmad al-Odamiy ash-Shoshiy Shosh va uning atrofida hadis ilmini targ‘ib qilgan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz