Abu Bakr Ahmad al-Afraxshiy
Abu Bakr Ahmad al-Afraxshiy (arabcha: أبو بكر أحمد الأفرخشي — Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Ismoil ibn Ishoq ibn Ibrohim ibn Isroil al-Afraxshiy al-Buxoriy) — faqih.
Abu Bakr Ahmad al-Afraxshiy Buxoro ahllarining yo‘lboshchi-imomlaridan bo‘lib, o‘z davrida al-Ismoiliy nisbasi bilan shuhrat qozongan.
Taʼlimi va hadislari
Abu Bakr Ahmad al-Afraxshiy Abu Nuaym Abdulmalik al-Astrobodiy, Muhammad ibn Yusuf ibn Osim, Muhammad ibn Sobir ibn Kotib al-Buxoriy, Muhammad ibn Yusuf al-Farabriy, Ahmad ibn Xolid ibn Xalil, Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Haris, Ahmad ibn Muhammad ibn Umar al-Munkadiriy, Saʼid ibn Ibrohim ibn Maʼqal hamda Xuroson va Iroqning boshqa olimlaridan taʼlim olgan. O‘z navbatida, olimdan Abu-l-Abbos Jaʼfar ibn Muhammad al-Mustag‘firiy hadis tinglagan.
Vafoti
Abu Bakr Ahmad al-Afraxshiy 84 yoshida vafot etgan.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org