Abu Amr Zujojiy
Abu Amr Zujojiy (asl ismi
Muhammad Ibrohim ) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Nishopurda tug‘ilib, Makkada yashagan. Junayd Bag‘dodiyning muridi. Ruvaym, Ibrohim Xavvos, Abu Amr Nujayd, Abubakr Kattoniy, Abulhusayn Muzayyin Kabir suhbatidan bahramand bo‘lgan. Abu Amr Nujaydning guvohlik berishicha, u o‘z davridagi yetuk shayxlarning imomi va peshvosi hisoblangan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni qisqartirilgan holda kiritgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org