Abu Amr Nujayd
Abu Amr Nujayd (vafoti: 977) – asl ismi Ismoil bin Nujayd bin Ahmad Sullamiy. “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Abdurahmon Sullamiyning bobosi. Nishopur shahrida tug‘ilgan. Abu Usmon Hiriyning shogirdi. Abulhasan Bishr Sijziy, Abu Salama Bovardiy, Abu Nasr Qabboniy, Abu Amr Zujojiy, Abubakr Kattoniy, Abulhusayn Muzayyin suhbatidan bahramand bo‘lgan. Tasavvufda ko‘proq malomatiylik tariqatiga rag‘bat bildirgan. Hadis ilmida “Al-juz’ fil-hadis” (“Hadis ilmida kitob”) nomli asar yozgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org