Abu Amr as-Samarqandiy





Abu Amr as-Samarqandiy (arabcha: أبو عمرو السمرقندي) — Abu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Horun ibn Vardon as-Samarqandiy al-Misriy) — muhaddis.




Oilasi



IX asrda yashab ijod etgan asli samar­qand­lik muhaddis alloma. Ba’zilar bobosiga nisbat berib Usmon ibn Ahmad, deb ham atashadi. Abu Amr as-Samarqandiy Misrning hozirgi Port Sa’id shahrining janubi g‘arbida joylashgan Tinnis shaharchasida tavallud topgan. Oila ahlining barchasi Tinnisda yashaganlar. U ziyoli oilada voyaga yetadi. Otasi sahih hadislar jamlashga e’tibor qaratib, o‘g‘li Abu Amr as-Samarqandiyga hadis aytib berishga juda qiziqardi. Amakisi Abduljabbor ibn Ahmad ibn Muhammad as-Samarqandiy ham muhaddislardan bo‘lib, Tinnisda faoliyat ko‘rsatgan. Hadislarni Ishoq ibn Ismoil ibn Abdullohdan rivoyat qilgan. Akasi Abdurrahmon ibn Ahmad as-Samarqandiy (vafoti: milodiy 955, hijriy 344-yil) ham muhaddislardan va Tinnisda qozilar boshlig‘i bo‘lgan. Shuningdek, nabirasi Muhammad ibn Zakvon at-Tinnisiy ham ilmli kishilardan sanalgan.



Hadislari



Abu Amr as-Samarqandiy Misrda ibn Shaybon ar-Ramliy, Muhammad ibn Hammod at-Tehroniy, Muhammad ibn Abdulhakam al-Qitriy va boshqa muhaddislardan hadis eshitib, rivoyat qilgan. Undan Abu Abdulloh ibn Manda, ibn Jumay’, Hofiz Abdulg‘aniy al-Azdiy, Abdurrahmon ibn Umar ibn Nahhos, Husayb ibn Abdulloh ibn Muhammad, Ahmad ibn Muhammad ibn Hoj al-Ishbiliy, nabirasi Muhammad ibn Zakvon at-Tinnisiy va bir qancha muhaddislar hadis rivoyat qilgan.



Iqtibos



Abu Amr as-Samarqandiy haqida ulamolar quyidagi fikrlarni aytganlar:



Ibn Yunus

Abu Amr as-Samarqandiy otasi yozgan hadislarini bevosita tinglagan


, deydi.



Abu Saʼd as-Sam’oniy:

Hadis borasida ishonchli va yoshi ulug‘ bo‘lgan.


Shamsuddin az-Zahabiy {{Quote|Ishonch­li muhaddis, Misr­da isnodning yuqorisiga yetgan», deb zikr qilgan.



Asarlari



Manbalarda Abu Amr as-Samarqandiyning asarlari haqida ma’lumotlar yo‘q, faqat muhaddisning «Juz fӣhi min al-favāid al-­muntahāt al-hisān al-avālӣ min hadӣs Abӣ Amr Usmān bin Ahmad bin Muhammad bin Hārӯn as-Samarqandӣ min shu­yӯxih» («Abu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Horun as-Samarqandiyning ustozlaridan ri­voyat qilgan ahamiyati go‘zal, saralan­gan, foydali hadislardan tashkil top­gan qism») va «Juz fӣhi min hadӣs Abӣ Amr Usmān bin Ahmad bin Muhammad as-Samarqandӣ» («Abu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad as-Samarqandiyning hadislaridan tashkil topgan qism») asarlari ma’lum qismi saqlanib qolgan.Damashqdagi az-Zohiriyya kutubxonasining 1/40 raqami ostida asarning 304-312-varaqlari saqlanadi. Mazkur qo‘lyozmalarda Abu Amr as-Samarqandiyning ustoz­lari Muhammad ibn Abdulhakam al-Qit­riy, Odam ibn Abu Iyos va Shu’ba ibn Hajjojlardan rivoyat qilgan hadislar keltirilgan.



Vafoti



Abu Amr as-Samarqandiy 95 yoshda Tinnisda vafot etgan. Alloma Samarqandda yashamagan bo‘lsa-da, as-Samarqandiy taxallusi bilan mashhur bo‘lgan. Uning bobolari samarqandlik bo‘lib, ilm ahlidan sanalganlar.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz