Abu Amr al-Xaffof





Abu Amr al-Xaffof (arabcha: أبو عمرو الخفاف — Abu Amr Ahmad ibn Nasr ibn Ibrohim al-Xaffof an-Naysoburiy) — muhaddis.


„Poyabzalchi“ maʼnosini anglatuvchi „al-Xaffof“ laqabini nima sababdan olgani maʼlum emas. Abu Amr al-Xaffof avval tasavvufga qiziqqan. Keyinchalik, hadis ilmini o‘rganishni Nishopurda bosh­lagan. So‘ngra Bag‘dod, Kufa, Madina, Makka va boshqa ilm markazlariga safar qilib, Ishoq ibn Rohavayh, Amr ibn Zurora, Husayn ibn Zahhok, Abu Hammom as-Sakuniy, Muhammad ibn Rofeʼ, Muhammad ibn Ali ibn Shaqiq va boshqa olimlardan ilm o‘rganadi. Abu Amr al-Xaffof ibodatda mustahkam bo‘lib, o‘ttiz yildan ortiq vaqt uzluksiz ro‘za tutgani va merosxo‘ri bo‘lmagani bois, boyligini Alloh roziligi yo‘lida infoq-ehson qilgani naql qilinadi.



Hadislari



Uning o‘zidan Ibn ash-Sharqiy, Abu Abdulloh ibn al-Axram, Muhammad ibn Ahmad az-Zuhliy, Abu Saʼid al-Hiriy kabi muhaddislar hadisdan taʼlim olganlar. Tengdoshi buyuk muhaddis Muhammad ibn Ishoq as-Sarroj Abu Amr al-Xaffof kabi quvvai hofizasi kuchli kishini ko‘rmaganini maʼlum qilgan. Ibn Xuzayma ham uning hofizasi haqida „Xurosonda unga o‘xshashi yo‘q“, deb zikr qilgan. Shogirdi Abu Bakr as-Sibqiy esa ustozining yuz ming hadisni zikr qilishga quvvati yetishi xabarini bergan. Abu Amr al-Xaffof o‘z davrida katta obro‘ga ega bo‘lib, „zaynul-ashrof“ nomi bilan tanilgan. Mashhur hadis to‘p­lamlaridan „Al-­Mustadrak“ asari muallifi Imom al-Hokimning ko‘plab ustozlari Abu Amr al-Xaffofdan hadis eshitgan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz