Abu Amr Abdurrahmon ibn Amr




Auzaʼiy , Abu Amr Abdurrahmon ibn Amr—ilohiyotshunos, faqih, auzaʼiylik
mazhabi asoschisi.



Faoliyati



707-yilda Baalbak shahrida tug‘ilgan, Makkada-Ato ibn Abi Rabaldan, Madinada -
Muhammad az-Zuhriydan, Basrada — Vosil as-Salamoniydan saboq olgan. Suriyaga
qaytib, Damashqda yashagan, davlat xizmatida bo‘lgan, so‘ngra Qur’on ilmlaridan dars
bergan. 750-yil Suriyani zabt etgan abbosiylar qo‘shini qo‘mondoni Abdulloh ibn Ali bilan
janjallashib qolgan. Auzaʼiy uning taʼqib etishidan qochib Basraga, ustozi Vosil as-Salamoniy
huzuriga ketishga majbur bo‘lgan. Yangi sulola bilan yarashgach, Auzaʼiy Suriyaga qaytib,
Bayrutda joylashgan va umrining oxirigacha shu yerni tark etmagan. Auzaʼiy 774-yilda vafot etgan. Uning qabri
hozirgacha ziyoratgoh hisoblanadi.



Talimoti



Auzaʼiy Suriyaning imomi deb tan olingan, bu yerda uning izdoshlaridan alohida mazhab shakllangan. Uning tarafdorlari fikricha, huquq (fiqh)manbai faqat Qur’on va sunna bo‘lib, ulardagi ko‘rsatmalar hech qanday talqinsiz,
o‘zgarishsiz aynan qabul qilinishi lozim bo‘lgan. Bu mazhab 9-asrgacha Suriya va
Andalusiyada tarqalgandi. Suriyada uni shofi’iylik mazhabi, Andalusiyada esa -molikiylik
mazhabi siqib chiqargan. Lekin Auzaʼiyning qarashlari tizimi izsiz yo‘qolmagan, zero uning
shogirdlari orasida Sufyon as-Savriy (777—778-yil vafot etgan.) va Molik ibn Anas (795-yil vafot etgan.) -
ikki mazhab asoschilari bo‘lgan. Molik ibn Anas orqali Auzaʼiyning qarashlari ash-Shofi’iyga
taʼsir o‘tkazgan, u esa o‘z navbatida Ahmad ibn Hanbal qarashlarining shakllanishiga
taʼsir qilgan.



Adabiyotlar














uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz