Abu Amir Nujayd





Abu Amir Nujayd (arabcha: أبو عمرو نجيد — Ismoil ibn Nujayd ibn Ahmad as-Sulamiy an-Naysoburiy) — so‘fiy shayx.


Tasavvuf tariqatining yirik na­moyandasi. Abu Abdurrahmon as-Sulamiyning bobosi. Hadis hofizi Hamdon as-Sulamiyning nabirasidir. Abu Usmon Hiriyning shogirdi. Abu-l-Hasan Bishr as-Sijziy, Abu Salama al-Bovardiy, Abu Nasr al-Qabboniy, Abu Amr az-Zujojiy, Abu Bakr al-Kattoniy, Abu-l-Husayn Muzayyinlar suhbatidan bahramand bo‘lgan. Tasavvufda ko‘proq malomatiyya tariqatiga rag‘bat bildirgan. U „Al-Juz’ fi-l-­hadӣs“ („Hadis ilmida kitob“) nomli asar yozgan. Na­voiy „Nasoyim ul-muhabbat“ga „Nafahot ul-uns“­dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz