Abu Ali al-Andoqiy





Abu Ali al-Andoqiy (arabcha: أبو علي الأنداقي — Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Siboʻ ibn an-Nazr ibn Mus’ada ibn Buhayr al-Bakriy as-Samarqandiy al-Andoqiy) — roviy va so‘fiy shayx.




Hayoti va faoliyati



Ibn Abu-l-Hasan al-Andoqiy va as-Siboʻiy nomlari bilan tanilgan Abu Ali al-Andoqiyning tavallud va vafot sanalari borasida aniq maʼlumotlar mavjud emas. Taxminan XII—XIII asrlarda yashab, ilmiy faoliyat olib borgan. Manbalarda olim tasavvuf taʼlimotini mukammal bilgan zot sifatida zikr qilinadi. Asosan Abdulxoliq Gʻijduvoniy taʼlimotini ilgari surgan.



Hadislari



Abu Ali al-Andoqiy Ahmad ibn Hishom al-Ishtixoniy, Abdulloh ibn Abdurrahmon ad-Dorimiy va boshqalardan hadis rivoyat qilgan. O‘z navbatida, olimdan Nasr ibn al-Fath as-Samarqandiy va Ibrohim ibn Hamduvayh as-Samarqandiylar rivoyat qilganlar.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz